Qashqadaryoda 4 tonnaga yaqin yaroqsiz go‘shtni pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda yuk mashinasida 4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘shtni ichki bozorga o‘tkazgani olib ketayotganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.  

Unga ko‘ra, departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotgan “ISUZU” yuk mashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar O.X. va J.V. jami 4 tonna iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan. Mahsulot ashyoviy dalil sifatida olingan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo yaroqsiz go'sht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing