Qashqadaryoda 3 maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari janjallashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktabda o‘quvchi qizlar o‘rtasida katta janjal chiqqani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB mazkur xabarlar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 20 sentyabr kuni Chiroqchi tumani 2, 4 va 5-umumiy o‘rta ta’lim maktablari 9, 10, 11-sinfining 3 nafar o‘quvchilari, oldindan kelishmovchiligi bo‘lgani sababli, 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriy binosiga borgan. Shu orada o‘zaro gaplashish vaqtida janjal yuz bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ichki ishlar organlari, xalq ta’lim bo‘limi va mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda ota-onalar ishtirokida, janjalning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, muhokama qilinmoqda.

Barcha o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Qashqadaryo

Baholaganlar

360

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing