Qashqadaryoda 3-kursga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
21 avgust 2024 4099 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Qarshi shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G‘.Ch. fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetlardan birida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib, keyinchalik davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Qirg‘izistondagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr