Qashqadaryoda 3 kunlik chaqalog‘ini sotishga uringan ayol 2 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi ayol 3 kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotishga urindi va sud hukmi bilan 2 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Qamashi tumanida yashovchi ayol o‘zining ilk marotaba dunyoga keltirgan qiz chaqalog‘ini Qarshi shahrida yashovchi ikki nafar ayolga sotmoqchi bo‘ladi va buning evaziga ulardan 60 million so‘m talab qiladi. Ayol 50 million so‘m va 800 dollarni Spark rusumli avtomashina ichida olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudida ayolga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, uning 2024 yilda tug‘ilgan qiz farzandi Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga topshirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 2024 yilda dunyoga kelgan farzandini sotmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ona 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamashi odam savdosi Qashqadaryo chaqaloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing