Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olganlar ushlandi
Jamiyat
−
26 may 2021
5722Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Qashqadaryo daryosi o‘zanidan o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro D.B. Qashqadaryo daryosining Qamashi tumani hududidan oqib o‘tuvchi o‘zanidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda 135 mln so‘mlik jami 7,2 ming m-3 qum-shag‘al aralashmalarini qazib olib sotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.