Qarshidagi shifoxona lifti shaxtasidan ayolning jasadi topildi
3-sahifa
−
09 avgust
10844Respublika tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar filialiga qarashli eski temiryo‘l shifoxonasida faoliyat yurituvchi tibbiyot xodimi lift shaxtasidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, shifoxonada farrosh bo‘lib ishlovchi 36 yoshli ayol ish faoliyati davomida shifoxona binosidagi liftdan foydalanishga uringan. Ammo lift nosozligi bois uning shaxtasiga tushib ketgan.
Ayol ishda ko‘rinmay qolgani sababli hamkasblari uning shu shifoxonada ishlaydigan singlisiga xabar bergan. Natija bo‘lmagach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan. 20 soatdan ortiq qidiruvlardan so‘ng, joriy yilning 4 avgust kuni 36 yoshli ayol lift shaxtasidan o‘lik holda topilgan.
Voqeadan so‘ng ushbu liftdan foydalanish cheklab qo‘yilgan. Ayni paytda Qarshi shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, marhumaning 3 nafar farzandi bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i Rossiyada ishlaydi.
LiveBarchasi