Qarshida tog‘asini o‘ldirgan yigit qamaldi. U butun oilaga suiqasd qilgan
3-sahifa
−
10 aprel 2023
12373Avvalroq, 2022 yilning 31 may kuni Qarshi shahri “Komilon” mahallasidagi xonadonlardan birida 27 yoshli fuqaro L.A.ning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. “Jinoyat izi” ko‘rsatuvi mazkur ishda ayblangan shaxsning aybi tasdiqlanib, 12 yilga qamalgani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur jinoyatni sodir etgan 18 yoshli yigit M.M. o‘sha kuni nafaqat tog‘asi, balki butun oilaning yana uch a’zosini o‘ldirishga uringan. Voqea sodir bo‘lgan kuni M.M. ertalab maktabga imtihonga borishi uchun qarindoshlarining uyida tog‘asi bilan tunab qolgan.
Jinoyatchi shu kuni tongda tog‘asi bilan suhbatlashib o‘tirgan paytda, erkak yigitning onasini haqorat qiladi va ikkisining o‘rtasida janjal yuzaga keladi. Daxanaki jangdan keyin M.M. bolg‘a bilan tog‘asining boshiga urgan. Uning esankirab qolganini ko‘rib, yuzi-ko‘zi aralash bir nechta zarba bergan. Tog‘asini o‘ldirgach, jinoyati fosh bo‘lib qolmasligi uchun qolganlarni ham yo‘q qilish rejasini tuzgan.
M.M. pichoq olib, marhumning turmush o‘rtog‘i va bolalari yotgan xonaga kirgan. Dastlab yangasiga, keyin uning 2,5 yoshli o‘g‘liga pichoq urgan. Ularni o‘ldi deb hisoblab, ammasi yotgan xonaga kirgan. Namozga uyg‘ongan ammasi bilan biroz suhbatlashgan va o‘qishga ketayotganini aytib, taksi chaqirib berishini iltimos qilgan. Ammasi unga yo‘lkira berish uchun o‘rnidan turgan vaqtida, uning ham boshiga urgan. Ammasi hushidan ketgach, pichoqni yashirib, marhumning Nexia avtomobilida maktabiga jo‘nab ketgan.
Sudlanuvchi qasddan odam o‘ldirgani, ikki va undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgani va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etgani uchun aybli deb topilgan. Sud sudlanuvchining voyaga yetmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini va jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligini hisobga olib, uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
LiveBarchasi