Qarshida qarzini qaytarmagan fuqaro “samosud” qilindi
3-sahifa
−
05 avgust
14260Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 26 iyul kuni Qarshi shahrida Nexia-2 rusumli davlat raqam belgisisiz avtomashinada bir guruh shaxslar tomonidan bir nafar fuqaro “samosud” qilingani tasvirlangan video tarqaldi. Bunga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Aniqlanishicha, shaharning “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi fuqaro S. tanishi A.dan qarz olib, pulini qaytarmasdan kelgan. Oqibatda qarz bergan fuqaro iyun oyi o‘rtalarida ikki nafar tanishi bilan fuqaro S.ni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uni kaltaklagan va holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
“Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabar so‘ngida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida aka singlisiga sevgi izhor qilgan bolani o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan hamda o‘quvchining ta’zirini berish maqsadida uning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, “samosud” qilgandi. Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
LiveBarchasi