Qarshida 35 yoshli erkak yotoqxonaning 4-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi
3-sahifa
−
05 Sentyabr 2022 8809 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi “Shodlik” mahallasida joylashgan 2-sonli yotoqxonaning 4-qavatidan 35 yoshli erkak tushib ketib, halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. U qo‘shnilari bilan janjallashib, so‘ng ulardan qochish payti balandlikdan tushib ketgani aytilmoqda.
Viloyat prokuraturasi matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga fuqaro yotoqxonaning 4-qavatidan tushib ketib, halok bo‘lganini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr