Qarshi shahri ham yopiladimi?
Jamiyat
−
27 mart 2020
8562Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistondagi qator shaharlarda kirish va chiqish vaqtinchlik to‘xtatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri ham yopiladi, degan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu qanchalik asosli? Vaziyatga viloyat hokimligining axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov oydinlik kiritdi.
“Ushbu xabar viloyat hokimi farmoyishi chiqarilmagunga qadar rasmiy kuchga ega emas. Viloyatimizda koronavirusga chalinganlar yo‘q. Shu maqsadda, aholi salomatligini saqlash masalalari uchun Qarshi shahriga kirish-chiqishni taqiqlash bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda”, dedi Ahror Sodiqov.
Avvalroq, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Guliston va Buxoro shaharlari koronavirus sabab kirish va chiqish uchun yopilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 83 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
Bugun, 27 mart kuni koronavirusga chalingani aniqlangan namanganlik fuqaro miokard infarktidan vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi