Kimlar Rossiyada qolishi mumkin? Putinning migrantlarga daxldor farmoniga izoh berildi
Olam
−
18 iyun 2021
13669Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi noqonuniy migrantlar joriy yilning 30 sentyabrgacha mamlakatda qolishiga ruxsat beruvchi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Vladimir Putinning farmoni yuzasidan sharh berdi va noqonuniy migranlar qanday shartlar bilan mamlakatda qolishi mumkinligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rossiyada qonuniy tarzda ro‘yxatdan o‘tmagan chet elliklar ushbu vaziyatni hal qilish to‘g‘risida 30 sentyabrga qadar politsiya bo‘limiga murojaat qilishlari kerak.
Bundan tashqari, farmon bilan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni deportatsiya qilishni taqiqlandi. Ammo bu taqiq qamoqdan ozod qilinganlar va milliy xavfsizlikka tahdid soladigan shaxslarga taalluqli emas.
Rossiyaga karantin choralari e’lon qilinguncha, ya’ni 2020 yil 15 martgacha kelgan fuqarolar va 2021 yil 16 iyundan boshlab mamlakatda bo‘lish uchun qonuniy asoslari bo‘lmagan shaxslarga joriy yilning 30 sentyabrigacha huquqiy maqomni tartibga solish uchun IIVning hududiy organlariga murojaat qilish imkoniyati berildi.
IIV o‘z huquqiy maqomlarini tartibga solishni istamagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 2021 yil 30 sentyabrgacha Rossiya Federatsiyasini tark etish huquqi berilganini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, hujjatga muvofiq, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar fuqarolari Rossiyaga tashrifining belgilangan maqsadidan qat’i nazar 2021 yil 31 dekabrgacha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzishlari mumkin. Boshqa mamlakatlardan kelgan fuqarolar patent olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
LiveBarchasi