Qamoqxonada mahkum o‘zini osgani bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelgan 24 yoshli mahkum Sh.S. o‘z joniga qasd qilgani xabar qilingandi. Holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi. 

O‘rganish davomida marhum bilan bir turkumda va do‘stona munosabatda bo‘lgan bir nechta mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashilgan.

Shuningdek, Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning Samarqand viloyatida yashovchi oila a’zolari, jumladan, ota-onasi va uning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashgan. Ular xabarlarda tarqalgan ko‘rsatmalarini tasdiqlagan.

Ombudsmanga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, marhum Sh.S. 2024 yilning 23 may kuni koloniya ishlab chiqarish korxonasi hududidagi g‘isht ishlab chiqarish sexi hududining orqa tarafidagi temir ustunga polietilen ip yordamida o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat Ombudsman tomonidan nazoratga olingan holda marhumning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan murojaat va ishga aloqador to‘plangan boshqa hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov murdani ko‘zdan kechirish davomida bo‘yin sohasida strangulyatsion egatdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan qamoqxona Pop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing