“Qamchiq” dovonida psixotrop dorilarni olib ketayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

“Qamchiq” dovonida psixotrop dorilarni olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 1 fevral kuni soat 10:00 larda Pop tumani hududi, “Qamchiq” dovonida olib borilgan tekshiruvlar davomida Cobalt mashinasida yashirin tarzda 40 dona “Tropikamid”, 20 quti “Regapen” (ichida jami 280 dona) psixotrop dorilar olib ketilayotgani aniqlangan. Ushbu dorilar tegishli tartibda rasmiylashtirgan.

1986 yilda tug‘ilgan haydovchi A.E. va aniqlangan dori vositalari Pop tumani IIBga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir necha huduqlarda katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Qamchiq” dovoni psixotrop dorilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing