Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

“Qamchiq” dovonida minglab odamlar qolib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 mart kuni qalin qor yoqqanligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Dovonda qolib ketgan qariyb ming kishi mehmonxonaga joylashtirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, mehmonxonaga joylashtirilgan aholi Angren shahrida qolmoqda. 790 nafar erkak, 130 nafar ayol va 38 nafar bolalarga 19 ta oshxona, 4 ta mehmonxona xizmat ko‘rsatmoqda.

Ma’lum qilinishicha, FVV, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, “Qamchiq” davonida transport vositalar harakati to‘htatilganligi sababli “Angren-Qo‘qon” yo‘nalishida bepul poyezd  tashkil etilgan. Poyezd 21:00 da Angren temiryo‘l shox bekatidan harakatlangan.

Shuningdek, O‘zgidromet tomonidan soat 18:00 dan A-373 Toshkent – O‘sh avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida (228-253 km. oralig‘ida) qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan.

Qolaversa, “Qamchiq” dovonida noqulay sharoitda qolgan yo‘lovchilar uchun FVV tomonidan isinish maskanlari ham tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

FVV “Qamchiq” dovoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing