“Qamchiq”da yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Qamchiq” dovonida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuk mashinasi yon tomonga ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 22 mart kuni soat taxminan 11:30 lar atrofida “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuk mashinasi yon tomonga ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Biroq, avtomobilga ortilgan barcha yuk yo‘lning qatnov qismiga sochilib ketgan.

Haydovchiga yordam ko‘rsatish uchun FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etgan.

Ma’lumot uhchun, bundan bir kun avval esa, taxminan shu hududning o‘zida Spark rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib, yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan. Mazkur holatda ham haydovchiga qutqaruv bo‘linmalari xodimlari tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Volkswagen haydovchisi bilan xandaqqa tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Namangan Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing