Qidiruvdagi mashina “Qamchiq”da YTHga uchradi
3-sahifa
−
10 yanvar
8189Farg‘ona viloyatida kredit olinganda garovga qo‘yilgan Cobalt mashinasi “Qamchiq” dovonida yo‘l-transport hodisasiga uchragani aniqlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro A.J. bankdan kredit olgan va uni o‘z muddatida qaytarmagan. Shu sababli, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining ijro varaqasiga qarzdorning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinasini xatlash belgilangan. Ushbu ijro hujjati byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga o‘tgan yilning 14 noyabrida kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Ijro harakatlari davomida mazkur avtotransport vositasiga taqiq o‘rnatilgan.
Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga bir necha marotaba borib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘qligi aniqlangach, qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasiga ko‘ra, ushbu avtomashina Dang‘ara tumanining “Istiqlol” MFY hududida joylashgan jarima maydonchasidan nosoz holatda topilgan. Aniqlanishicha, mashina YTHga uchragan.
Mashina davlat ijrochisi tomonidan xatlangan va hozirda auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi