“Qamchiq” dovonida mashina xandaqqa tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
29 aprel 2025 6237 1 daqiqa
Kecha, 28 aprel kuni “Qamchiq” dovonida yana bir mashina xandaqqa quladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 15:40 atrofida A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida harakatlanayotgan VAZ-2106 rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. Bu haqda “Qamchiq” maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga tezkor xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnika va asbob-uskunalar yordamida mashinani xavfsiz tarzda chiqarib olgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 aprel kuni “Qamchiq” dovonida Isuzu yuk avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilishi oqibatida majaqlanib ketgan edi. FVV qutqaruvchilari tomonidan yuk mashinasining kabina qismida qisilib qolgan haydovchisi chiqarib olinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va Namangan viloyatining Pop tumanidagi tibbiyot birlashmasiga jo‘natilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025