“Qamchiq”dagi xandaqqa Spark ag‘darilib ketdi
Jamiyat
−
17 Iyul 2025 4508 1 daqiqa
Kecha, 16 iyul kuni “Qamchiq” dovonidagi yo‘lning xandaq qismiga Spark avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 14:25 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Spark rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgan. Shundan so‘ng, haydovchi voqea haqida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar bergan.
Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borgach, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Ma’lum bo‘lishicha avtomobilda haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida HOVO rusumli yuk avtomashinasi xandaqqa tushib ketgandi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr