“Qamchiq”da boshqaruvni yo‘qotgan Isuzu majaqlanib ketdi (video)
3-sahifa
−
28 aprel 13085 1 daqiqa
Bugun, 28 aprel kuni “Qamchiq” dovonida Isuzu yuk avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilishi oqibatida majaqlanib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 11:22 da “Qamchiq” dovonidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 157,1-km “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Isuzu rusumli yuk avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk mashinasi haydovchisi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar, yo‘l patrul xizmati va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. FVV qutqaruvchilari tomonidan yuk mashinasining kabina qismida qisilib qolgan haydovchisi chiqarib olinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va Namangan viloyatining Pop tumanidagi tibbiyot birlashmasiga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 aprel kuni “Qamchiq” dovonida Cobalt avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa (kyuvet) tushib ketgan edi. Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Live
Barchasi