Yuqori Chirchiqda chiqindi tashuvchi mashina yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 12 may kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida chiqindi tashish uchun mo‘ljallangan maxsus yuk avtomobilida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 09:30 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan D 014 “G‘azalkent shahar – Chirchiq shahar – Yangibozor qishloq – Jumabozor qishloq – O‘rtasaroy qishloq – Nurafshon shahar” avtomobil yo‘lining 46-kilometrida 1973 yilda tug‘ilgan haydovchi K.Sh. boshqaruvidagi Isuzu rusumli maxsus yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv tufayli yong‘in kelib chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.  Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Damas va Cobalt avtomobillari yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yuqori Chirchiq yuk avtomobili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing