Xorazmda ustaxonada turgan yuk avtomobili yonib ketdi
3-sahifa
−
21 may
3358Bugun, 21 may kuni Xorazm viloyati Urganch tumanidagi mashina ustaxonasida HOWO rusumli yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 10:19 da Urganch tumani “Oltinko‘l” mahallasi “Jayhun” ko‘chasida joylashgan yengil va yuk avtomobillariga serviz xizmat ko‘rsatish shoxobchasida “M.K” MCHJga qarashli 2023 yilda ishlab chiqarilgan HOWO rusumli avtomobilda yong‘in kelib chiqqani yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 10:23 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:54 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida FVBga ma’lumot tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahridagi avtoturargohda turgan Lacetti, Captiva va Nexia avtomobili bir vaqtda yonib ketgan edi. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
LiveBarchasi