“Qamchiq“ dovonida mashina xandaqqa tushib ketdi
Jamiyat
−
02 aprel
5992Kecha, 1 aprel kuni “Qamchiq” dovonida Honda avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan va kyuvet (xandaq)ga tushib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlangan Honda avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan. Oqibatda haydovchi to‘siqni kesib o‘tgan va kyuvet (xandaq)ga tushib ketgan. Shu bilan birga, voqea haqida “Qamchiq” maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan hodisa joyiga qutqaruv otryadi hamda YPX xodimlari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xavfsiz hududga olib chiqilgan.
“Avtomobilda haydovchining o‘zi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirobod tumanida Lacetti avtomobili Qorasuv kanaliga tushib ketgandi. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel