Qamchiq dovonida 2 ayolning jasadi topildi

3-sahifa

image

Qamchiq dovonida 2 ayol sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati FVB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 iyul kuni M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon” va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lining Toshkent-vodiy yo‘nalishida 2 nafar 23 yoshli ayol tog‘ balandligidagi yirik shoxli mollarini sog‘ish uchun ketayotgan bo‘lgan. 

Soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yog‘ishi kuzatilgan. Ayollar esa bu paytda sel toshqin suvlari uchun maxsus mo‘ljallangan 1200 diametrli temir quvur ichiga kirib olgan. Shu vaqtda 40−50 metr kub miqdoridagi sel kelib, ayollarni quvur ichidan “Rezaksoy”ning 400 metr oqimi bo‘ylab olib ketgan.

Shuningdek, coyni sel massasidan tozalash jarayonida ularning jasadi topilgan.

Hozirda IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing