“Qamchiq”da harakat vaqtincha cheklandi
Jamiyat
−
22 may 3938 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida «Qamchiq» dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatllar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:30 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida kuchli yomg‘ir yog‘ishi ortidan tog‘dan loy va tosh aralash sel suvlari tushishi kuzatilgan. Shu munosabat bilan avtomobil yo‘lining «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etilib, avtomobillar harakati amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi