Qamchiqda Epica Isuzu bilan to‘qnashdi. Ikki mashina ham yonib, kul bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 avgust kuni Qamchiq dovonida Epica Isuzu bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki mashina ham yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 168-kilometrida tonggi soat 8:20 lar atrofida Toshkent-vodiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobilida nosozlik kelib chiqqan. Shu sababli avtomobil haydovchisi avtomashinani yo‘lning marza qismiga to‘xtatib qo‘ygan. Soat 8:20 lar atrofida esa shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Epica rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Isuzu’ning orqa tomoniga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda yong‘in chiqib, ikkala avtomashina to‘liq yonib ketgan.

Bildirilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida Epica rusumli avtomobilning haydovchisi hamda bir nafar yo‘lovchisi yengil darajadagi tan jarohat olgan. Ularga zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi xodimlari, yo‘l-patrul xizmati xodimlari zudlik bilan yetib borib, harakat xavfsizligi to‘liq ta’minlangan. Ayni vaqtda ushbu transport vositalarini yo‘lning qatnov qismidan olish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt Spark bilan to‘qnashib, yonib ketgandi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing