Qamchiqda yuk mashinalari harakati tiklandi
Jamiyat
−
25 fevral 2021
2558O‘zbekistonning boshqa hududlarini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakatlanishiga ruxsat berildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
“Barcha haydovchilardan yetarlicha past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi IIV YHXBB murojaatida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi havo haroratining keskin pasayishi va kuchli qor yog‘ishi natijasida yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘layotgani sababli 24 fevraldan 25 fevralga o‘tar kechasi Qamchiq dovoni yuk mashinalari uchun vaqtincha yopilgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.