“Qamchiq”da “Volga” soyga tushib ketdi

3-sahifa

image

"Qamchiq" dovonida “Volga” avtomobili yo‘l chetidagi soyga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi habar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 26 aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismida "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Volga” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘l chetidagi soyga tushib ketgan. 

Aytilishicha, bu bo‘yicha "112" tizimi orqali “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan. 

Qutqaruqchilar guruhi avtomobil ichida bo‘lgan ikki nafar fuqarolarni qutqarib, ularga birinchi yordam ko‘rsatgan hamda fuqarolar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. 

Shuningdek, qutqaruv jarayoni davom etib, maxsus texnika yordamida soyga tushib ketgan avtomobil ham xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Lacetti soyga tushib ketgan edi. 

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qamchiq Volga qutqaruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing