Namanganda Lacetti soyga tushib ketdi
3-sahifa
−
19:55 1238 1 daqiqa
Bugun, 25 aprel kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Lacetti soyga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oqtosh” mahallasida harakatlangan avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan “112” tizimi orqali Namangan viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, atrofdagi ko‘ngilli fuqarolar bilan birgalikda soyga tushib ketgan avtomobil ichidagi 2 fuqaroni qutqargan. Ular xavfsiz hududga olib chiqilgach, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Gentra haydovchisi mashinasini qo‘l tormoziga qo‘ymay, shu hududdagi do‘konga kirib ketganida, avtomobil harakatlanib, ushbu mahalladan oqib o‘tuvchi “To‘palang” daryosiga tushib ketgan edi.
Live
Barchasi