Qahramonmarashda deyarli yarim mln odam boshpanasiz qoldi – Erdo‘g‘an
Olam
−
01 mart 2023
4123Turkiyaning janubi-sharqidagi vayronkor zilzilalardan so‘ng jabr ko‘rgan Qahramonmarash viloyatida qariyb yarim million kishi boshpanasiz qoldi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Elbiston shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozmoqda TASS.
“Xalqimizning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun chodir va konteyner shaharchalar yaratishda davom etamiz. Hozirda biz Qahramonmarash bo‘ylab 461 ming fuqaroga chodirlar, davlat muassasalari, yotoqxonalar, maktablar va boshqa joylarda boshpana qilmoqdamiz”, dedi u o‘zining mahalliy telekanallardagi chiqishida.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, shaharlarni yangilash jarayoni Turkiya boshiga tushgan ushbu kulfatni butunlay ortda qoldirish uchun tezlashtiriladi. Erdo‘g‘an hukumatning bir yil ichida zilzilalardan jabr ko‘rgan viloyatlar aholisini yangi uy-joy bilan ta’minlash rejalarini esladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 6 fevral kuni (7,7 va 7,6 magnitudali) ikki zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda ham sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 44 mingdan oshdi.
LiveBarchasi