Toshkentda KHAYning bir qismi 30 kunga yopildi

Jamiyat

image

Toshkentda qurilish ishlari vaqtida xavfsizlikni ta’minlash maqsadadi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida harakat to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ertaga, 27 avgustdan boshlab KHAYning Usmon Nosir 2-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismida yangi ko‘prik yo‘lini qurish ishlari doirasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, ushbu chorraha bir oy muddatga avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

“Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

“Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilishicha, yo‘l yopilishi uchta avtobusning harakat yo‘nalishiga ham ta’sir o‘tkazdi.

“Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 32, 62, 70-sonli yo‘nalishlar harakati Janubiy vokzal, Sh.Rustaveli, U.Nosir 2-tor, Qushbegi mavzesidagi mahalliy yo‘l, Qushbegi, KHAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartiriladi”, deya ma’lum qildi kompaniya.

Avvalroq, Ahmad Donish va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarining bir qismida transport vositalari harakati sentyabr oyigacha to‘xtatilgani haqida xabar berdik.


Maqola muallifi

Teglar

KHAY

Baholaganlar

81

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing