Toshkentda ayrim avtobuslar harakati vaqtincha o‘zgartirildi
Jamiyat
−
17 iyul 6555 2 daqiqa
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani KHAY yo‘lining Beruniy ko‘chasi kesishmasidan Beshqayrog‘och ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lning Beshqayrog‘och ko‘chasi chorrahasiga olib boruvchi qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yil 18 iyul soat 12:00 dan 22 iyulgacha ushbu yo‘l qismi harakat uchun yopiladi. Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi:
34-sonli avtobus yo‘nalishi
- Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor metro bekati yo‘nalishida:
- Beruniy ko‘chasi – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
64-sonli avtobus yo‘nalishi
- Paxtakor metro bekati – Birlik mavzesi yo‘nalishida:
- Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
87-sonli avtobus yo‘nalishi
- Qora Qamish 2/4 mavzesi – Chilonzor 30-daha yo‘nalishida:
- Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
116-sonli avtobus yo‘nalishi
- Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor buyum bozori yo‘nalishida:
- Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
131-sonli avtobus yo‘nalishi
- Olimpiya mehmonxonasi – Do‘stlik-2 mavzesi yo‘nalishida:
- Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
147-sonli avtobus yo‘nalishi
- Chorsu savdo markazi ASHB – Chinni bozori yo‘nalishida:
- Beruniy – Nurafshon – Ko‘kcha darvoza ko‘chasi orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
Harakat davomida muqobil yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sababli ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgartirilgandi.