Toshkentda Hyundai bilan to‘qnashgan mototsikl haydovchisi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Hyundai avtomobili Kavaski rusumli  mototransport vositasi bilan to‘qnashib ketdi va oqibatda Kavaski haydovchisi vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 09:40 larda Yunusobod tumani KHAY  ko‘chasida haydovchi 1991 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Hyundai rusumli transport vositasi va 1986 yilda tug‘ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Kavaski rusumli  mototransport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ushbu voqea oqibatida Kavaski rusumli mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tirbandlikni kamaytirish uchun chorraha markazida xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimini Tracker urib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Hyundai KHAY Kavaski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing