Toshkentdagi asosiy ko‘chalardan biri yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 28 mart kuni soat 08:00 dan boshlab Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi asosiy yo‘llardan biri vaqtinchaga yopildi. Bu haqda poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlarining davomi sifatida, kichik halqa avtomobil yo‘lida frezalash, asfaltlash hamda quvur yotqizish ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi hududda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

28 mart soat 08:00 dan 31 mart soat 06:00 gacha:

KHAYning bir tomonlama (Chilonzor tumani) qismida – Lutfiy ko‘chasi kesishmasidan Asrlar sadosi ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishda.

Mazkur davrda ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovi yo‘lga qo‘yilgan avtobuslar va boshqa transport vositalari harakati ilova qilingan rasmlarda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

KHAY Lutfiy ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing