Toshkentda yana ayrim avtobuslar harakati o‘zgardi
Jamiyat
−
24 iyul 2025 5620 2 daqiqa
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani KHAY yo‘lining Beshqayrog‘och ko‘chasi chorrahasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt Transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lning ushbu qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 25 iyul soat 15:00 dan 2025 yil 28 iyul soat 06:00 gacha ushbu yo‘l qismi harakat uchun yopiladi. Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali vaqtincha o‘zgartirilgan tartibda harakatlanadi:
34-sonli avtobus yo‘nalishi
Chilonzor metro bekati – Shifokorlar shaharchasi yo‘nalishida:
- Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- Shifokorlar shaharchasi – Chilonzor metro bekati yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
64-sonli avtobus yo‘nalishi
Birlik mavzesi – Paxtakor metro bekati yo‘nalishida:
- Ko‘kcha darvoza – Nurafshon ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- Paxtakor metro bekati – Birlik mavzesi yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
87-sonli avtobus yo‘nalishi
Chilonzor 30-daha – Qora Qamish 2/4 mavzesi yo‘nalishida:
- Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
116-sonli avtobus yo‘nalishi
Chilonzor buyum bozori – Shifokorlar shaharchasi yo‘nalishida:
- Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
131-sonli avtobus yo‘nalishi
Do‘stlik-2 mavzesi – Olimpiya mehmonxonasi yo‘nalishida:
- Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
147-sonli avtobus yo‘nalishi
Chinni bozori – Chorsu savdo markazi ASHB yo‘nalishida:
- Ko‘kcha darvoza – Nurafshon – Beruniy ko‘chalari orqali harakatlanadi.
- Qaytish yo‘nalishi o‘zgarishsiz.
Xabarda harakat davomida muqobil yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergeli tumanida issiq suv quvurlarini almashtirish va So‘g‘diyona ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtincha o‘zgargandi. Shu sababli 40, 143 va 184-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati joriy yil 19 iyuldan 18 avgustga qadar o‘zgartirilgandi.
Live
Barchasi