Johnson & Johnson vaksinasi bo‘yicha tergov boshlandi
Olam
−
14 Oktabr 2020 6847 1 daqiqa
Amerikaning Johnson & Johnson korporatsiyasi ma’muriyati o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarini bir necha kun ichida yana qayta boshlashga umid qilyapti. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy direktori Jozef Uolk aytib o‘tgan.
Avval xabar berganimizdek, kompaniya vakillari 12 oktyabr kuni ko‘ngillilardan birining ahvoli yomonlashgani sababli sinovlar to‘xtatilganini e’lon qilishdi.
Uolkning so‘zlariga ko‘ra, voqea yuzasidan "mustaqil qo‘mita" tergov boshlagan. Uning ta’kidlashicha, tergov hanuzgacha davom etmoqda. Moliyaviy direktor tadqiqotlar bir necha kungagina to‘xtatilganiga umid bildirgan.
Kompaniya vaksina borasidagi ishlar 2021 yil boshiga qadar tugashiga ishonmoqda. Johnson & Johnson 2021 yil oxiriga qadar 1 milliarddan ortiq dozada vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlarining birinchi davri va ikkinchi davrining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgandi. Ko‘ngillilarda barqaror immunitet shakllangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025