Johnson & Johnson koronavirusga qarshi vaksinasi sinovini to‘xtatdi

Olam

image

Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi o‘zining SOVID-19 ga qarshi vaksinasi sinovini ma’lum muddatga to‘xtatdi. Sababi, ko‘ngillilardan birida noma’lum kasallik asoratlari aniqlandi. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berildi. 

Ayni paytda bemorning ahvoli o‘rganilmoqda. Uning sog‘lig‘i to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar barcha kerakli xulosalar to‘plangandan so‘ng e’lon qilinadi.

Johnson & Johnson vaksina sinovining uchinchi bosqichini 23 sentyabrda boshlagan. Uchinchi bosqichda Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Meksika, Peru, AQSH, Chili va Janubiy Afrikadan 60 minggacha ko‘ngillilar qatnashishi kerak edi. Kompaniya vaksinaning birinchi partiyasi 2021 yil boshida tayyor bo‘lishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlarining birinchi davri va ikkinchi davrining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgandi. Ko‘ngillilarda barqaror immunitet shakllangandi


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus amerika

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing