IJQK departamentiga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Hatamov Bosh prokuror o‘rinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
 
Ma’lumaot uchun, u o‘tgan yili yanvarda mazkur lavozimga tayinlangan Shamsiddin Soxibnazarov o‘rnini egallamoqda. Jahongir Hatamov tayinlovga qadar – 2023 yil avgustidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Hatamov 2018 yil fevralidan 2020 yilning oktyabriga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya katta maslahatchisi Inoyat Rahmatullayevich Shukurov o‘z xohishiga bilan bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, shuningdek, Adliya katta maslahatchisi Muhammadjon Nabijonovich Ro‘zmatov o‘z xohishiga bilan bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib,  departament organlaridan bo‘shatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Jahongir Jo'raevich Hatamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing