Bosh prokuraturada ikki mansabdor ishdan olindi
Jamiyat
−
01 avgust 11362 1 daqiqa
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki amaldori ishdan olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Adliya katta maslahatchisi Inoyat Rahmatullayevich Shukurov o‘z xohishiga bilan bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi va departament organlaridan bo‘shatildi.
Shuningdek, Adliya katta maslahatchisi Muhammadjon Nabijonovich Ro‘zmatov o‘z xohishiga bilan bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi va departament organlaridan bo‘shatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi lavozimidan ozod etilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Shoxruh Aminov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi