Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
01 avgust 8038 1 daqiqa
Bugun, 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Shoxruh Azamatovich Aminov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ham ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Shoxruh Azamatovich Aminov faoliyati davomida Sirdaryo hamda Navoiy viloyati prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan polkovnik Abduvosit Abdulhayevich Abdurazzoqov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr