Prezident Jo‘qorg‘i Kenges raisiga general-mayor unvonini berdi

Jamiyat

image

Bugun, 19 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevga “general-mayor” maxsus unvoni berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Nukus shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida  Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga Prezident tomonidan “general-mayor” maxsus unvoni berilgan.

Ma’lumot uchun, Orinbayev Amanbay Tleubayevich 1979 yil Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Amanbay Orinbayev “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist”, “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. U mehnat faoliyatini Kegeyli tumani qurilish-montaj boshqarmasi ishchisi sifatida boshlagan. Hozirgi vazifasiga tayinlanmasdan oldin bir muddat Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning avgust oyida Amanbay Tleubayevich Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing