Ivleyeva, Sobchak va Vacio rus xalqiga murojaat qildi
Madaniyat-san’at
−
30 dekabr 2023
15887So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan mashhurlar to‘plangan “yalang‘och” bazm tashkilotchisi, bloger va teleboshlovchi Nastya Ivleyeva rus xalqidan shov-shuvli “yalang‘och” ziyofatdan keyin ikkinchi imkoniyat berishini so‘radi. Shuningdek, reper Vacio va Kseniya Sobchak ham muxlislaridan uzr so‘radi. San’atkorlar kechirim so‘ragan videosini tarmoqlarda e’lon qildi.
“Rossiya kechirishni biladi, deyishadi. Agar shunday bo‘lsa, men sizdan, xalqdan ikkinchi imkoniyat so‘ramoqchiman, agar bo‘lmasa, men qochmayman va har qanday jazoga tayyorman”, degan Ivleyeva.
Shuningdek, tashkilotchining so‘zlariga ko‘ra, kecha ishtirokchilarining hech biri hozir duch kelgan tanqidlarga loyiq emas edi.
Teleboshlovchining aniqlik kiritishicha, tadbir "Playboy" jurnali uchun olingan suratlar taqdimoti munosabati bilan uyushtirilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, “deyarli yalang‘och” kiyinish uslubi bazm mavzusiga mos kelardi, shu sababli mehmonlar "kiyimsiz" kelgan.
Taniqli jurnalist Kseniya Sobchak ham ushbu bazm sabab muxlislaridan uzr so‘radi.
“Do‘stlar, tan olaman. Men hech kimni xafa qilishni xohlamagandim. Agar tashqi ko‘rinishim kimnidir xafa qilgan bo‘lsa, buning uchun uzr so‘rayman. Men o‘z vatanimni yaxshi ko‘raman. Bunday ahmoqona hodisa tufayli menga va boshqa san’atkorlarga nisbatan nafrat va g‘azabni qo‘zg‘atmoqchi emasman”, deydi u.
Bundan tashqari, reper Vasio (asl ismi Nikolay Vasilev) Nastya Ivleyevaning ziyofatidan so‘ng LGBT targ‘iboti uchun jarimaga tortildi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.1 (“Kichik bezorilik”) moddasiga asosan 15 kunga hibsga olindi. Shuningdek, kodeksning 6.21 moddasiga asosan 200 ming rubl (AQSH dollari) miqdorida jarima to‘ladi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, u dastavval ishi uchun uzr so‘rashdan bosh tortgan. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, kimdir uning surati sabab hayajonga tushsa, bu uning aybi emas. Shu sababli reper yalang‘ochligi uchun uzr so‘ramasligini aytgan.
Keyinroq esa u fikrini o‘zgartirdi.
“Men o‘z imijim bilan chiqdim va ushbu tadbirga tashrif buyurgan tomoshabinlarni hayratda qoldirmoqchi edim. Keyin men bu kechaning boshqa ishtirokchilari bilan videoga tushdim. Aytmoqchimanki, men LGBTni hech qanday tarzda qo‘llab-quvvatlamayman va hech qanday targ‘ibot qilishni xohlamaganman”, degan Vasilev.
Ma’lumot uchun, ziyofat tashkilotchilari mehmonlardan deyarli yalang‘och kelishlarini so‘ragan. Tadbirda Kseniya Sobchak, Lolita Milyavskaya, Jigan, Oksana Samoylova, Anna Asti, Dima Bilan, Glyukoza va boshqa mashhurlar ishtirok etgan.
Roskomnadzorning ta’kidlashicha, bazmning ba’zi foto va video materiallarida LGBT tashviqoti alomatlari bor, shuning uchun bu kontent allaqachon bloklangan.
LiveBarchasi