“Yalang‘och” bazm ishtirokchilari soliq firibgarligida gumonlanmoqda
Madaniyat-san’at
−
30 dekabr 2023
35847Shov-shuvli “Yalang‘och” bazm tashkilotchisi Nastya Ivleyeva va kecha ishtirokchilari soliqdan to‘lovlarni to‘lab qo‘yish haqida ogohlantirildi. Bu haqda “Mash” nashri ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ushbu bazm ishtirokchilariga soliq organlari bilan muammolarni hal qilish uchun uch kun berildi. Qarz va jarimalarni to‘lashlari kerakligi haqida san’atkorlarga xabarlar yuborilgan. Unga ko‘ra, agar mehmonlarning Federal soliq xizmatidan qarzlari bo‘lsa, 2024 yilgacha yopilishi kerak, aks holda soliq xizmati chuqur tekshiruv boshlaydi.
Hozircha esa xizmat faqatgina Ivleyevaning soliq firibgarligini tekshirish bilan shug‘ullanmoqda. Ammo Anna Asti, Filipp Kirkorov, Jigan va uning rafiqasi Oksana Samoylova, Lolita, Kseniya Sobchak va boshqa mashhur shaxslar ham shunday ayblovlar bilan tekshirilishi mumkin.
Gap shundaki, Ivleyeva 20 dekabr kuni Moskvaning “Mutabor” klubida ziyofat uyushtirgan. Kiyinish qoidalariga ko‘ra, mehmonlar yarim yalang‘och holda kelishlari kerak edi. Tadbirda Kseniya Sobchak, Olga Orlova, Filipp Kirkorov, Glyukoza, Lolita Milyavskaya, Oksana Samoylova, reper Vacio va Jigan ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, 27 dekabr kuni Federal soliq xizmati tadbir tashkilotchisiga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumonlanib, tintuv uyushtirdi va tekshiruv boshladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu bazm tashkilotchisi, bloger va teleboshlovchi Nastya Ivleyeva rus xalqidan shov-shuvli “yalang‘och” ziyofatdan keyin ikkinchi imkoniyat berishini so‘ragandi.
LiveBarchasi