Bilandan Olgagacha… “Yalang‘och” bazm mehmonlari uzr so‘rashda davom etyapti
Madaniyat-san’at
−
28 dekabr 2023
25366Videobloger Nastya Ivleyeva tomonidan tashkil qilingan "yalang‘och" bazmga borgan yana ikki xonanda – Dima Bilan va Olga Orlova ushbu kechada qatnashgani uchun muxlislaridan uzr so‘radi. Ular bu haqdagi videosini tarmoqlarga joyladi.
Gap shundaki, ko‘plab taniqli san’atkorlar joriy yilning 20 dekabr kuni rossiyalik taniqli shaxslar yig‘ilgan bazmga deyarli yalang‘och holda tashrif buyurgan va suratlarga tushgan. Ushbu fotolar esa tarmoqlarda e’lon qilingan.
Shundan so‘ng, bazmning ba’zi foto va video materiallarida LGBT tashviqoti alomatlari borligi sabab kontentlar bloklangan. Kechada ishtirok etgan san’atkorlar esa jamoatchilikdan kechirim so‘rashni boshlab yuborishdi.
Rossiyaning taniqli xonandasi Bilan ham shular jumlasidandir. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqchi o‘z tashvishlari bilan ketayotib, birrovga ziyofatga qadam ranjida qilgan.
“Mening kechaga kirishim shunchaki qisqa muddatli va taklifga hurmat yuzasidan edi. Men kiyinish talabi haqida bilardim, ammo bu borada har kimning o‘ziga xos tushunchasi bor. Mening fikrimcha, u “vodolazka”, katta plash, shim va etiklardan iborat”, deydi u.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u san’at ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan va ziyofatga kirgandagina qayerdaligini tushungan.
“Shuning uchun men ushbu voqeadan hech qanday fotosurat yoki videoni ijtimoiy tarmoqlarimda joylashtirmadim va bir necha daqiqadan so‘ng u yerni tark etdim”, deya tushuntirgan Dima.
U o‘z tomoshabinlari va vatandoshlarini hurmat qilishini ham qo‘shimcha qilgan.
“Xalqimizning, hatto frontda bizni himoya qilayotgan yigitlarimizning g‘azabini juda yaxshi tushunaman. Hozir mamlakatimizdagi vaziyat qanday ekanini bilaman. Lekin men ba’zilarning hammani "bir qayiqda suzgani" haqidagi gaplariga umuman qo‘shilmayman. Har kim o‘zi uchun javob beradi", dedi u.
Shuningdek, teleboshlovchi va qo‘shiqchi Olga Orlova ham “yalang‘och” ziyofatda qatnashishi xato bo‘lganini tan oldi va obunachilaridan uzr so‘radi.
"Hammamiz xato qilamiz. Va, ehtimol, bir necha marta adashamiz. Tan olaman, bu juda ko‘p bo‘ldi, xulosalar chiqarildi. Biz o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz", deb yozdi xonanda.
Ma’lumot uchun, ziyofat tashkilotchilari mehmonlardan deyarli yalang‘och kelishlarini so‘ragan. Tadbirda Kseniya Sobchak, Lolita Milyavskaya, Jigan, Oksana Samoylova, Anna Asti, Dima Bilan, Glyukoza va boshqa mashhurlar ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ziyofatdan so‘ng, Vitaliy Borodin Filipp Kirkorovni 2018 yilda olgan Rossiya Federatsiyasi xalq artisti unvonidan mahrum qilishga chaqirdi. U Madaniyat vazirligiga bu borada murojaat yo‘lladi. Davlat Dumasi deputati Aleksandr Sholoxov esa ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Shundan so‘ng xonanda tarmoqqa ushbu ishi xato bo‘lgani haqida gapirgan videosini joyladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva rossiyalik teleboshlovchi, kinoaktrisa va videobloger Nastya Ivleyeva tomonidan tashkil qilingan mashhurlarning "yalang‘och" bazmiga borganidan afsusda ekanini ma’lum qildi. Co‘ngra, rossiyalik yana bir taniqli xonanda Lolita Milyavskaya “yalang‘och” bazmdan so‘ng, ziyofatda qatnashgan san’atkorlarga cheklovlar bo‘layotgani, jumladan, uning konsertlarini bekor qilish talab qilinayotganini aytdi.
LiveBarchasi