Italiyadagi saylovda o‘nglar g‘alaba qozondi. Hukumat boshiga ilk bor ayol kishi keladi

Olam

image

Italiya parlamenti saylovlarida o‘nglar koalitsiyasi har ikki palatada ham taxminan 44 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Italiyaning eng yirik partiyasi “Italiya birodarlari” (taxminan 26 foiz) yetakchisi Jorjiya Meloni Italiya Bosh vaziri bo‘lishi kutilmoqda. U Italiya Vazirlar Kengashini boshqaradigan birinchi ayol bo‘ladi.

Hukumatning o‘zi, “Politico”ga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidan beri (ya’ni Mussolini davridan beri) eng o‘nglardan iborat bo‘ladi.

Demokratik partiya boshchiligidagi markaziy so‘l koalitsiya 26 foizga yaqin ovoz to‘pladi.

Jorjiya Meloni boshqa narsalar qatorida noqonuniy immigratsiya yoki LGBT huquqlarining kengayishi, shuningdek, bir tekis soliq shkalasining joriy etilishiga qarshi chiqqan o‘ta o‘ng siyosatchi sifatida obro‘ga ega. Shu bilan birga, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Meloni, Italiyaning o‘nglar partiyalarining boshqa rahbarlaridan farqli o‘laroq, Kiyevni va G‘arbning pozitsiyasini aniq qo‘llab-quvvatladi.

2018 yilda bo‘lib o‘tgan so‘nggi saylovlarda “Italiya birodarlari” bor-yo‘g‘i 4 foizga yaqin ovoz olgandi. Partiyaning nufuzi ortishi so‘nggi yillarda koalitsion hukumatda ishtirok etmayotgan kam sonli muxolifat partiyalaridan biri bo‘lgani bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing