Italiyada Usmonovning necha millionlik mulki musodara qilingani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Italiyada rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning umumiy qiymati 80 mln yevrodan yuqori bo‘lgan aktivlari musodara qilingan. Ularning orasida Sardiniya orolida soliq politsiyasi tomonidan hibslangan zirhli Mercedes Maybach S650 Guard VR10 avtomobili ham bor. “The Times” xabariga ko‘ra, bahosi yarim million funtdan yuqori bo‘lgan ulov pulemyot va granata hujumidan himoya qila oladi.

Qayd etilishicha, Sardiniyada bungacha tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan Usmonovning 17 million yevrolik villasi va umumiy aktivlari 66 mln yevro bo‘lgan oltita kompaniyasi ham musodara qilingan.

Kecha Italiya soliq politsiyasi ushbu aktivlardan biri besh tonnalik Maybach ekanligini tasdiqlagan. Mashina 2018 yilda Sardiniyada 600 ming yevrodan qimmatroqqa sotib olingan.

Avvalroq Italiyada rossiyalik milliarderlarning 800 mln yevrodan ortiq aktivlari muzlatib qo‘yilgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya rasmiylari ham Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovdan 156 metrlik yaxtani musodara qilgani haqida aytilgandi. Ammo ma’lumot keyinroq inkor etildi.

Ma’lumot o‘rnida, mart oyining boshidan beri Italiya Moliya gvardiyasi sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik tadbirkorlarning turar-joy ko‘chmas mulklari, kompaniyalari, yaxtalari va avtomobillarini hibsga olgan. Ro‘yxatga oxirgi bo‘lib “Severstal” egasi Aleksey Mordashovga tegishli Sardiniyadagi villa qo‘shilgan. Mulkning qiymati taxminan 105 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, Moliya gvardiyasi tadbirkorlar Alisher Usmonov, Oleg Savchenko, Pyotr Aven, Gennadiy Timchenko, shuningdek, teleboshlovchi Vladimir Solovyovning aktivlarini muzlatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

382

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing