Italiyada Putinni tabriklovchi varaqalar tarqatildi

Olam

image

Italiyaning Turin ko‘chasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni sharafiga tabrik so‘zi yozilgan banner paydo bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Bannerda “Turin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi”, deb yozilgan.

“Biz bannerni Turin markazidagi ko‘prikka osib qo‘ydik, uning uzunligi to‘rt metr va kengligi ikki metr, ertaga fuqarolar buni ko‘rishadi” degan agentlikning suhbatdoshi.

Shuningdek, rossiyaparast faollar Italiyaning Genuya shahri ko‘chalarida ham Putinni tabriklab yuzlab varaqalar joylashtirgan. Ko‘chalardagi uy devorlar, panjara va zinaboyalarga A3 formatidagi Putinning surati hamda rus va italyan tillarida “Tug‘ilgan kuning bilan, Prezident” deb yozilgan varaqalar ilib qo‘yilgan. Varaqalar “Contronarrazione” ijtimoiy-siyosiy birlashmasi tomonidan tarqatilgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 7 oktyabr kuni 72 yoshga to‘ladi va tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazadi. 2022 yilda Putinning 70 yillik yubileyi kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlari Sankt-Peterburg yaqinidagi Konstantinovskiy saroyiga yig‘ilgan. Uchrashuvda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etgan. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov sammitda qatnashmadi.  

O‘tgan yili esa Putin tug‘ilgan kunida Novo-Ogarevodagi qarorgohida  Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. O‘shanda uning mehmonlari tushlikka qolgan va uchalasi birga o‘tirib, tug‘ilgan kunni nishonlagan

Shohjahon Majidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Italiya Turin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made