Italiya Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi

Sport

image

Italiya futbol federatsiyasi (IFF) bo‘lajak saylovlarda amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy veb-sayti xabar berdi.

Infantino 2027 yil 18 mart kuni Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidenti saylovida qayta saylanish niyatida.

IFF prezidenti Jovanni Malago federatsiyaning mazkur qarorini izohlar ekan, tashkilot UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning pozitsiyasiga mos ravishda harakat qilishini ta’kidladi.

“Ushbu qaror IFF pozitsiyasini aniq va shaffof ifodalashga qaratilgan. Biz UEFA va uning prezidenti Aleksandr Cheferinning FIFA prezidentining xalqaro musobaqalarni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi tashabbuslariga to‘liq mos keladigan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz UEFA va boshqa Yevropa federatsiyalari bilan hamkorlikda adolat, birdamlik, barqarorlik va muxlislarning markaziy roliga asoslangan futbolni rivojlantirishda davom etamiz”,  deydi Malago.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roberto Manchini Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing