Italiya dunyodagi urushlarga Olimpiya sulhini e’lon qilish taklifini kiritdi – OAV

Sport

image

Italiya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) 2026 yilda Milan–Kortinada bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlari davomida butun dunyo bo‘ylab tinchlik tashabbusni taqdim etdi. Bu taklif barcha urushlarga  jumladan, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojaro hududlariga ham taalluqli bo‘ladi. Bu haqda ANSA agentligi xabar berdi.

Bu sulh taklifini Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Rimda o‘tkazilayotgan Italiya va Lotin Amerikasi hamda Karib dengizi davlatlari o‘rtasidagi 12-konferensiya arafasida ma’lum qildi.

“Tinchlik tarafdori bo‘lishimiz kerak. Biz AQSHning G‘azo bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatlaymiz. Rim papasi aytganidek, tinchlikka umid qilishdan hech qachon voz kechmasligimiz lozim. Rim va Italiya tobora tinchlik, taraqqiyot va o‘sish chorrahasiga aylanib bormoqda. Milan–Kortina Olimpiadasini hisobga olgan holda, biz barcha urushlar, xususan Ukraina va Yaqin Sharq uchun Olimpiya sulhini ta’minlash tashabbusini BMTga taqdim etmoqdamiz”, dedi Tayani.

Ma’lumot uchun, Milan-Kortina-d’Ampetsso Qishki Olimpiya o‘yinlari 2026 yilning 6-22 fevral kunlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Milan–Kortina Qishki Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing