Italiya Bosh vazirini “pakana” degan jurnalist jarimaga tortildi

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Italiya Bosh vaziri Jorjiya Melonining bo‘yini masxara qilgan jurnalist 5 ming yevro jarimaga tortildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Italiya sudi ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir Jorjiya Melonining bo‘yini masxara qiluvchi post joylagan jurnalist Julia Kortesega 5 ming yevro tovon puli to‘lashi haqida sud qarorini o‘qib eshittirdi. Sud qaroriga ko‘ra, Kortesening X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan ikkita tviti tuhmatli va tanani sharmanda qilishga kiradi. Jurnalist o‘z tvitlarida Melonini “kichkina ayol”, “pakana ayol”, deb ta’riflagan.

Sudning 1200 yevro miqdorida alohida jarimaga tortishiga qarshi Kortese o‘z munosabatini bildirar ekan, u Italiya hukumati jurnalistikada so‘z erkinligi va muxolifat bilan bog‘liq jiddiy muammolarga ega ekanligini aytgan. Jurnalist va Bosh vazir o‘rtasidagi ushbu bahs 2021 yil oktyabr oyida Meloni o‘ng qanot Italiya birodarlar partiyasiga qarshi muxolifatda bo‘lganida boshlangan.

Kortese X'dagi sahifasida Melonining soxta suratini joylashtiradi. Suratda Meloni kitob javonining oldida turgani aks etgan va unga marhum Italiya diktatori Mussolinining hoshiyali surati yopishtirilgan. Meloni Facebook'dagi o‘z postida surat o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligini va u bunga javoban qonuniy chora ko‘rishini aytgan.

Kortese esa suratning soxta ekanligini anglab yetgach, uni o‘chirib tashlaganini bildirgan. Bosh vazir esa jurnalistni o‘ziga qarshi media hujumi uyushtirganlikda aybladi.

“Siz meni qo‘rqitolmaysiz Jorjiya Meloni. Axir sizning bo‘yingiz atigi 1,2 metr. Men sizni hatto ko‘rmayapman”, degan jurnalist keyinchalik alohida yozgan postida.

Italiya ommaviy axborot vositalarida aytilishicha, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Melonining bo‘yi 1,63 metrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Bosh vaziri rok guruhi rahbarini sudga bergani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sud Jorjiya Meloni jurnalist Julia Kortese pakana ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing