Istanbuldagi sud binosida qurolli hujum yuz berdi (video)
Olam
−
06 fevral
7812Bugun, 6 fevral kuni Istanbuldagi Chag‘layan tuman sudi binosida hujum uyushtirildi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Hujum sud binosining C darvozasi oldidagi nazorat punktida uyushtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum uyushtirgan 2 kishi ham halok bo‘lgan. Hodisa oqibatida 6 kishi jarohatlangan, ularning 2 nafari politsiya xodimi. Voqeadan keyin Ichki ishlar vaziri bayonot berdi.
Vazirning aytishicha, hujumchilar (1 ayol va 1 erkak) DHKP/C terror tashkiloti a’zosi ekani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni ikki nafar qurollangan shaxsning Istanbuldagi cherkovlardan biriga hujum qilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi. Keyinchalik ular Rossiya va Tojikiston fuqarolari bo‘lgani va Istanbuldagi sushi restoranlaridan birida ishlagani aniqlangandi.
LiveBarchasi